SAYYOR QABUL QANDAY O‘TDI?
2025-04-19 12:05:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoуev barcha bo‘g‘indagi rahbarlarni xalq orasiga kirishga, hududlarga chiqilgan holda, odamlar fikr-mulohazalariga quloq tutishga undamoqda. T.Butunbaуev sayyor qabul avvalida Davlat rahbarining ana shu da’vati o‘zining ijobiy samaralarini berayotgani, juda ko‘p muammolar joyida yechim topayotganini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining murojaatlariga e’tibor qaratildi.
“Akromjon Abdukarimov”, “Inomjonov Suvon”, “Xayrobodlik Sunatullo” fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘z dalalariga suv yetkazib berayotgan lotoklarning ma’naviy va moddiy eskirganini bildirib, ularni ta’mirlashda amaliy yordam so‘radi.
“Ismoiljon-Isroiljon”, “Yangi hayot” fermer xo‘jaliklari vakillari o‘z murojaatlarida suv yo‘llarni tozalash uchun ekskavator ajratishni iltimos qilishdi. “Jizzax tonggi shabbodasi” fermer xo‘jaligi rahbari ekin maydonlari “oxirgi quloq”ligi, suv yetib borishi qiyin bo‘layotganini ma’lum qildi.
– Uch yildan buyon davlat-xususiy sheriklik tizimiga o‘tganmiz, 650 gektar yerga suv yetkazib beramiz. Bizga ajratilgan elektr energiyasi limiti kam. Limitni qayta ko‘rib chiqilishini so‘raymiz, – dedi “Nurli manzil” nasos stansiyasi boshlig‘i D.Musaуev.
Sayyor qabulda o‘rtaga tashlangan muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati