KORRUPSIYA – ISLOHOTLAR YO‘LIDAGI ENG KATTA TO‘SIQ
2025-04-25 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Irisboyev, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi F.Qo‘ziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi N.Samandarova so‘zga chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati xususida atroflicha to‘xtaldi.
Ta’kidlandiki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchaytirilmoqda. Deklaratsiyalash, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi korrupsiya omillarini cheklash imkonini beradi. Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyati takomillashtiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari mas’uliyati yanada oshiriladi. Davlat xizmatlari darajasini aholi baholaydigan tizim qilinadi, eng yomon ko‘rsatkichga ega soha rahbarlari bo‘yicha chora ko‘riladi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Axborot xizmati