RASMIY MUNOSABAT
2025-05-09 08:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 7-ilovasi 64-maqsadi doirasida “Bo‘zaxo‘r” suv taqsimlash inshooti avtomatlashtiriladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, hozirda shu asosda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng suvni Quva tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasidan berilgan taqsimot asosida inson omili ishtirokisiz, masofadan boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali suvni iqtisod qilishga va korrupsiya holatlarining oldini olishga erishiladi.
Qolaversa, kanallardagi suvni faqat vakolatli bo‘lgan suv xo‘jaligi xodimlari boshqarishi kerak, ruxsatnomasiz va limitdan ortiqcha suv olish, suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan boshqarish, gidrotexnika inshootlariga zarar yetkazish javobgarlikka tortishga olib kelishini unutmaslik lozim.
Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan
foydalanish boshqarmasi