VAZIR O‘RINBOSARI QUVASOY SHAHRIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
2025-05-23 16:10:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari O‘.Sheraliyev Quvasoy shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda 35 nafardan ortiq fuqaro, fermer va tadbirkorlarning murojjatlari tinglandi. Jumladan, 6 ta murojaatda ko‘tarilgan masala joyida hal etildi, qolgan masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu muloqot sohada shaffoflik va mas’uliyatni oshirish, tizimdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, eng muhimi, suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan islohotlarni yanada jadallashtirishga xizmat qildi.
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot xizmati