SAMARQANDDA “DAVLAT XIZMATCHISI SOATI” O‘TKAZILDI
2025-06-02 11:25:00 / Yangiliklar
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida rahbar va mas’ul xodimlarning siyosiy dunyoqarashini oshirish, ularni yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor etish maqsadida “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi yangiliklar bilan muntazam tanishib borish, gazeta-jurnallarni o‘qish, vazirlik rasmiy veb-sayti va telegram kanalidagi materiallarni kuzatib borish haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq savol va takliflar bildirildi. Jonli muloqot shaklida o‘tgan soat har bir ishtirokchi uchun foydali ma’lumotlarga boy bo‘ldi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati