XITOYNING XUANXE DARYOSI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI BILAN HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA QO‘SHIMCHA KELISHUV IMZOLANDI
2025-06-09 14:35:00 / Yangiliklar

2025-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ushbu delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida, jumladan, suv resurslarini boshqarish, sel-toshqinlarda tezkor harakatlanishni rejalashtirish, suv tejovchi texnologiyalar, gidrotexnik loyihalar yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respublikasi Suv resurslari vazirligining Xuanxe daryosi ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida qo‘shimcha kelishuv imzolandi.
Mehmonlar «Suvchilar maktabi» faoliyati bilan ham tanishdi.
Axborot xizmati