KOICA VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2025-06-10 09:25:00 / Yangiliklar

2020–2021 yillarda KOICAning grant mablag‘lari hisobidan “O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish master-rejasi hamda pilot loyihasi” amalga oshirilgan.
Loyiha doirasida 61 ta suv xo‘jaligi obyektida o‘rnatilgan “Aqlli suv” qurilmalari, server uskunalari hamda dispetcherlik xizmatida joriy etilgan monitoring tizimlarida so‘nggi vaqtlarda texnik kamchiliklar aniqlangani sababli ularni bartaraf etish maqsadida asosiy loyihadan keyingi kichik loyiha (post-proekt) ishlab chiqildi.
Post-proekt doirasida koreys mutaxassislari va Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tomonidan mavjud texnik kamchiliklar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga zarur bo‘lgan butlovchi qismlar Koreya davlatidan keltirilib, “Aqlli suv” qurilmalari, server uskunalari hamda monitoring tizimlarida mavjud texnik kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi.
Shuningdek, qurilmalar ma’lumotlarini vizual nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimi takomillashtirilib, qurilmalarning mobil ilovasi tayyorlandi.
Natijada ushbu axborot tizimi va mobil ilova orqali loyiha doirasida o‘rnatilgan qurilmalar yordamida suv xo‘jaligi obyektlaridagi mavjud suv resurslari ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatlari qayta tiklandi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish maqsadida kelgusida yana qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Axborot xizmati