FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI
2025-06-12 16:00:00 / Yangiliklar

Unda universitetning kunduzgi va sirtqi bo‘limida ta’lim olgan 134 nafar bitiruvchi talabaning ixtisoslik fanlari bo‘yicha yakuniy bilimlarini ISMITI, “UzGIP” MChJ va “TIQXMMI” MTU olimlari hamda yetakchi mutaxassislardan iborat Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari sinovdan o‘tkazdilar.
Bitiruvchilarning barchasi atestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Davlat imtihoni so‘nggida ISMITI direktori A.B.Urazkeldiyev, Davlat attestatsiya komissiyasi raisi Sh.A.Usmonov, “TIQXMMI” MTU “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, professor I.A.Begmatov va boshqa komissiya a’zolari bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tganliklari bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusida zamonaviy bilimlarga ega mutaxassis sifatida mamalakatimiz iqtisodiyoti, xususan, suv xo‘jaligi tizimining rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdilar.
Axborot xizmati