PARKENT TUMANI SUV ISTE’MOLCHILARI BILAN VIDEOMULOQOT O‘TKAZILDI
2025-06-12 17:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12-iyun kuni Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Z.Ishpulatov Parkent tumani suv iste’molchilari bilan videomuloqot o‘tkazdi.

Videomuloqot chog‘ida parkentlik suv iste’molchilari tomonidan sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash, tozalash, suv ta’minotini yaxshilash, suv oldi-berdi hisob-kitobi nazoratini yuritish kabi o‘ndan ortiq murojaatlar yo‘llandi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan murojaatlar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mas’ullariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati