ANGOR TUMANIDAGI «NOVSHAHAR» KANALI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
2025-06-13 12:40:00 / Yangiliklar
1950-yil foydalanishga topshirilgan «Novshahar» kanalining umumiy uzunligi 16,5 kilometrni tashkil etadi. O‘tgan vaqt orasida kanalda doimiy suv oqib turgani uchun avval betonlashgan qismi yaroqsiz holga kelib, tuproq o‘zani nurashi tufayli suv o‘tkazish quvvati pasaygan. Shu sababli kanalni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

«Surxondaryosuvqurilishinvest» davlat muassasasi buyurtmasiga asosan «Uzunmaxsussuvpudrat» MChJ quruvchilari tomonidan kanalning o‘ta ta’mirtalab 5 kilometr qismi betonlashtirilayapti.
Rekonstruksiya jarayonida kanaldagi gidrotexnika inshootlarining 12 tasi ta’mirlanadi va yangisiga almashtiriladi. Shuningdek, 4 ta «Aqlli suv» qurilmasi o‘rnatiladi. Ayni paytda pudrat tashkiloti bunyodkorlari obуektda 4 milliard 324,4 million so‘mlik ish bajarib, kanalning 3,5 kilometr uzunlikdagi qismiga beton qoplama yotqizishdi. Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, 5725 gektardan ziyod ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati