NUKUS TUMANI SUV ISTE’MOLCHILARI BILAN VIDEOMULOQOT O‘TKAZILDI
2025-06-13 10:30:00 / Yangiliklar

Muloqot chog‘ida tuman suv iste’molchilari o‘ndan ortiq masalalarni ijobiy hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Jumladan, “Turan fields” fermer xo‘jaligi rahbari B.Otarbaуev hamda “Qutankolli qipchoq” fermer xo‘jaligi rahbari A.Paluanov ekin maydonining suv olish qulog‘iga gidropost qurishda amaliy yordam berishni so‘radi. Nukus tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori zimmasiga 3 kun muddatda gidropostlar qurilishiga malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi yuklatildi.
“SRN agrosanoat” MChJ boshlig‘i R.Seytnazarov ichki arig‘ining 500 metr qismini loyqadan tozalash masalasini ko‘tardi. Mas’ullarga 10 kun muddatda zarur texnika vositalarini jalb etgan holda masalani ijobiy hal etish topshirildi.
Videomuloqot davomida yo‘llangan barcha masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati