XITOY KOMPANIYASI BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
2025-06-19 10:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari strategik darajaga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, suv xo‘jaligi tizimida ham xitoylik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar tobora rivojlanib bormoqda.
Xitoyning “EllipSpaceTechnology Co., Ltd.” kompaniyasi suv xo‘jaligi ob’ektlarini avtomatlashtirish borasida boy tajribaga ega. Shu jihatdan uchrashuvda bu borada hamkorlik qilish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi “Pachkamar” suv omborining suv sathi, sig‘imi ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish, monitoring qilish uchun “EllipSpace” tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv so‘nggida “Pachkamar” suv omborida “EllipSpace” monitoring tizimini joriy etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.
Axborot xizmati