BUGUNGI BITIRUVCHI – ERTAGA HAMKASBIMIZ
2025-06-19 16:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Suv xo‘jaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafro‘z Aliqulova va boshqarma bosh mutaxassisi Sardor Xikmatovlar bitiruvchilarga vazirlik tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, yosh va salohiyatli mutaxassilarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar, ishga kirish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash borasida ma’lumotlar berdi. Xususan, vazirlikda bu yil 1 000 nafar yosh mutaxassisni ishga olish imkoniyati mavjudli alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga kirish shartlari hamda jarayonlari, vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish, “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi tomonidan biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish va bank tomonidan moliyalashtirish haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassilari bitiruvchi yoshlar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazib, ularga ishga kirish, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va yaratiladagan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Axborot xizmati