Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi 358-umumtaʼlim maktabini koʻzdan kechirdi
2025-03-20 16:45:00 / Yangiliklar

Qariyb ming oʻrinli maktab fan xonalari, kompyuter va xorijiy til xonalari, robototexnika toʻgaragi, laboratoriya zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan. Kutubxona, sport zali, futbol maydoni va oshxonada bolalar uchun keng qulayliklar yaratilgan.
Pedagoglar bilan muloqot chogʻida bolalarning qobiliyatini toʻgʻri shakllantirish, kasbiy taʼlimni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yoʻllash muhimligi taʼkidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yoʻnalishlarni kengaytirish, oʻsmirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish vazifalari koʻrsatib oʻtildi.
Mahalladagi yangi uylarning birinchi qavatlarida ikkita xususiy bogʻcha tashkil etilgan. Ular Navroʻz arafasida ochilgani ota-onalar uchun bayramona tuhfa boʻldi.