"Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi
2025-05-24 10:30:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizning barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi.
Joriy yilda respublikamizdagi mavjud 10 146 та umumta‘lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar oʻquvchi tugatmoqda.
Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangrab, Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
Soʻng aʼlo baholarga oʻqigan, iqtidorli va faol oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.
Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yili yakuniga koʻra, aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi (2 475 ta kumush va 11 566 ta oltin) maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanadi.