Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda
2024-08-28 12:10:00 / Vazirlik yangiliklari
2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.
Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.