Rector’s Cup-2025 Hackathon
2025-04-22 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Toshkent shahridagi Inha universitetida virtual yordamchilar va sun’iy intellekt sohasida innovatsion yechimlarni o‘zbek tilida ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikki kunlik Rector’s Cup-2025 xakatonining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, xakaton davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sun’iy intellekt, robototexnika va kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarda startap loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Sagdullayev, shuningdek, Tursunboy Mahkamov (Ipak Yuli Bank), Umidjon Abduazimov (Asia Alliance Bank), Fazliddin Anvarov (Raqamli texnologiyalar vazirligi), Sardor Qodirov (Yandex Uzbekistan), A’zam G‘afurov (UZCERT, Kiberxavfsizlik markazi) tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqdilar.
Ikki kun davomida talabalar mentorlar rahbarligida loyihalar ustida ishladilar. Xakaton yakunida hakamlar hay’ati ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi:
▫️»Uzbek Voice Virtual Assistant» yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar
1-o‘rin – «FinCallers» jamoasi
Mukofot: Ipak Yuli bankdan 30 000 000 so‘m + UzbekVoice.ai kurslariga 5 000 000 so‘mlik vaucher
Elbek Mamadiyorov, Asliddin Tursunov, Azizbek Jabborov (3-4 kurslar)
2-o‘rin – «Cyber Cotlets» jamoasi
Mukofot: Ipak Yuli bankdan 20 000 000 so‘m + UzbekVoice.ai dan 3 000 000 so‘mlik vaucher
Amirshoh Ahmedov, Feruzbek Ahmedov, Botirxo‘ja Baxtiyorov (1 kurs)
3-o‘rin – «Kibo» jamoasi
Mukofot: Yandex’dan Alisa kolonkalari, Kiberxavfsizlik markazidan sovg‘alar va buyumlar + UzbekVoice.ai’dan 2 000 000 so‘mlik vaucher
Xayrullayev Habibullo, Zumradxon Akbarova, A’zam Hojimetov (1 kurs)
▫️»AI for Cyber Defense: Securing the Digital Future» yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar
1-o‘rin – «Cringeneers» jamoasi
Mukofot: Asia Alliance Bankdan 30 000 000 so‘m
Sarvar Bazarov, Amir Ilchikayev, Farrux Ilxamov (3 kurs)
2-o‘rin – «ZerOVuln» jamoasi
Mukofot: Asia Alliance Bankdan 20 000 000 so‘m
Sharofiddin Fayzullayev, Alpomish Asadov, Sardor Abdimannobov (3 kurs)
3-o‘rin – «SECCY» jamoasi
Mukofot: Yandex’dan Alisa kolonkalari va Kiberxavfsizlik markazidan sovg‘alar
Sirojiddin Aminbayev, Ulug‘bek Aytbayev, Muhammadyosin Abbosov (2 kurs)
Shuningdek, barcha g‘olib jamoalar Belissimodan vaucherlar olishdi.
Biz hamkorlarimiz «Ipak Yo‘li bank,» «Asia Alliance Bank,» «Yandex Uzbekistan,» «Cyber Security,» «Trend Micro,» «Belissimo,» «UzbekVoice.ai»ga ishtiroklari va taqdim etgan imkoniyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Rector’s Cup-2025 ilg‘or texnologiyalar sohasida o‘zini namoyon etishga intilayotgan yosh mutaxassislar uchun ajoyib platformaga aylandi. Ishtirokchilar nafaqat qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘ldilar, balki o‘z ishlanmalarini yetakchi kompaniyalar va davlat tuzilmalari vakillari oldida namoyish etish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.