Samarqandda aholining Raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid muammolarini oʻrganish yuzasidan sayyor qabul qabul oʻtkazildi
2025-04-25 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Samarqand viloyatining Pastarg‘om tumanida joylashgan Xalq qabulxonasi hovlisida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, Pastarg‘om tumani hokimi ishtirokida aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi soha korxona va tashkilotlari va Pastarg‘om tumanidagi tashkilotlar rahbarlari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari turlari, ularga ulanish tartibi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslardan internet xizmatiga ulanish, mobil aloqa xizmatlari sifati yaxshi emasligi, mobil aloqa sifatini yaxshilash uchun baza stansiyalarini oʻrnatishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda IT ta’lim va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlar bo‘yicha sayyor qabul jarayonida joyida tushuntirishlar berilib, oʻrganish talab qilingan murojaatlar nazoratga olindi.
Tadbir ishtirokchilariga aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlaridagi muammoli masalalar va IT ta’lim masalasi yuzasidan murojaatlar yuzaga kelgan taqdirda Raqamli texnologiyalar vazirligining qisqa raqamli 1199 hamda 1144 ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlari kerakligi ta’kidlandi.