Andijonda “Investorlar kuni”: yoshlarning yangi startap va innovatsiyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda
2025-04-28 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Andijon viloyatida AloqaBank tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Investorlar kuni" tadbirida 1500 dan ortiq talaba, tadbirkor va mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillari o‘z g‘oyalarini taqdim etish va hamkorlik o‘rnatish uchun yig‘ildilar.
Yosh startapchilar o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etib, moliyaviy qo‘llov uchun kurash olib bordilar. Motivatsion hikoyalar, Startup Garage’dan amaliy maslahatlar, biznes sohasining eng muvaffaqiyatli shaxslari bilan foydali uchrashuvlar va eng yaxshi startaplarning pitch-sessiyalari tadbirning asosiy voqealariga aylandi.
Tadbirda innovatsion loyihalardan biri – “BrailleRecognition” ilovasi bo‘ldi. “BrailleRecognition” – ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan mobil ilova bo‘lib, smartfon kamerasidan foydalanib Brayl harflarini aniqlab, ularni oddiy matnga yoki ovozli shaklga tarjima qildi.
Ushbu texnologiya uy vazifalarini tekshirish, ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ko‘zi ojizlar uchun inklyuziv muhit yaratishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, Startup Garage faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Uning vakillari “Startap yo‘li” nomli amaliy qo‘llanmani taqdim etdilar. Ushbu kitob startapni muvaffaqiyatli biznesga aylantirish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirilib, yosh tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda aniq va amaliy maslahatlar berildi.
Tadbir davomida, shuningdek, innovatsion ta’lim tashabbus — “IMKON Founders” dasturi bo‘lib, u Startup Garage tashabbusi asosida nogironligi bor shaxslar, imkoniyati cheklanganlar va boquvchisini yo‘qotganlar uchun mo‘ljallangan bepul startap va Micro SaaS ta’lim hamda akseleratsiya dasturi sifatida ishga tushirildi.
“Investorlar kuni” yoshlarning g‘oyalarini AloqaBank ko‘magida amalga oshirishda muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qildi.