my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!
2025-06-02 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?
Jarima ballaringiz nazoratda!
Endi yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballaringizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin. Qaror raqami, sanasi, asos boʻluvchi modda va bandi – barchasi aniq va shaffof! Haydovchilik hujjatlaringiz xavfsizligini taʼminlang!
Telefon raqamlari qo’l ostingizda!
Oʻz nomingizga rasmiylashtirilgan barcha mobil telefon raqamlari haqida maʼlumot oling.
17 turdagi hujjatlarning elektron talqini kuchda!
Pasport, diplom, nikoh guvohnomasi va boshqa 17 turdagi shaxsiy hujjatlaringizni elektron formatda saqlang va zarur boʻlganda ularning haqiqiyligini my.gov.uz orqali tekshiring. Qogʻoz hujjatlar davri oʻtmishda qoldi!
"Avto xabar" – avtomobilingiz haqida xabardor boʻling! Avtomobilingiz chiqish joyini toʻsib qoʻyganmi? Yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berdimi? "Avto xabar" xizmati orqali avtomobil egasiga tezkor ogohlantirish yuborish imkoniyati yaratildi!
Topilgan hujjatlar bo’yicha egasiga tezkor xabar yetkaziladi!
Agar sizning biometrik pasportingiz yoki ID kartangiz topib olinsa, endi sizga my.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Yoʻqotish va topish jarayoni yanada tezlashadi!