Asosiy kontentga o'tish

Vazifalar va funksiyalar

Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlik vakolatli organ etib belgilangan yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasini istiqbolli rivojlantirish, samarali boshqaruvini taʼminlash;

elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, axborot texnologiyalari va elektron davlat xizmatlarni joriy etish reyting baholashni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, shu jumladan iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida raqamlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirish, texnoparklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksport qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish, shuningdek kompyuter o‘yinlari sanoati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish qismida davlat siyosatini amalga oshirish;

sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratish qismida davlat siyosatini amalga oshirish;

elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

telekommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

pochta aloqasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

telekommunikatsiya va pochta aloqasi tarmoqlarida hamda davlat organlari axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kompleks choralarni amalga oshirish;

hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish;

radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvida ruxsat etish hususiyatiga ega hujjatlarni berish, tashkiliy, ilmiy-texnika, normativ-huquqiy, xalqaro muvofiqlashtirish ishlarini olib borish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid standartlar, texnik reglamentlar, normalar va qoidalarni hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;

raqamli texnologiyalar sohalari va yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan davlat nazoratini olib borishni muvofiqlashtirish;

raqamli taʼlimni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida raqamli bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, mazkur sohada fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash;

kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini muvofiqlashtirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli va izchil choralar ko‘rish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, sohaga xususiy investorlarni jalb qilgan holda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish hamda investitsiyalarni jalb etish.

 

Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

raqamli texnologiyalar sohalari va yo‘nalishlarida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

raqamli texnologiyalar sohalari va yo‘nalishlarida dunyo miqyosida kuzatilayotgan yangi tendensiyalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va ularni mamlakatimiz sharoitida joriy etish yuzasidan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilaydi;

Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlarni ishlab chiqish, o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni tashkil qiladi;

raqamli texnologiyalar sohalari va yo‘nalishlarida davlat nazoratini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi va ushbu yo‘nalishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalovchi organ vazifasini bajaradi, yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi;

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi vazifasini bajaradi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik, normativ-huquqiy jihatdan taʼminlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir ishlarni bajaradi;

radiochastota organi vazifasini bajaradi;

Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;

vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sifatini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi darajasini baholaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqilishi, joriy etish borasida yagona texnologik yondashuvni amalga oshiradi;

elektron hukumat arxitekturasiga kiruvchi markaziy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi va boshqa dasturiy-apparat majmualarini uzluksiz faoliyatini va ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni taʼminlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlik qilishning yagona siyosatini ishlab chiqadi, ushbu jarayonlarning amaldagi holati bo‘yicha monitoring tadbirlarini olib boradi hamda mazkur jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

elektron platforma va veb-saytlarda joriy etilgan elektron xizmatlarini soddalashtirish, proaktiv shaklga o‘tkazish, avtomatlashtirishga o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, raqamlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini kelishadi hamda ularni joriy etilishi ustidan ishlarni muvofiqlashtiradi;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining loyihalari va texnik hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ularning reyestrini yuritadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining raqamlashtirish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari (Chief Digital Officer) faoliyatini va ularning elektron hukumat sohasida loyihalarni amalga oshirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini aniq natijalarga ko‘ra baholab boradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holatini reytingli bahosini shakllantiradi;

davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida raqamli identifikatsiyani joriy qilish, rivojlantirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;

vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan davlat axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalari va uskunalarini xarid qilish zarurati yuzasidan xulosa beradi;

iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni muvofiqlashtiradi;

elektron tijorat sohasiga axborot tizimlarini va axborot resurslarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

elektron tijorat sohasiga elektron to‘lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaxslarga Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashni tashkil yetish jarayonini osonlashtirishga imkon beradigan to‘lovlar agregatorlarini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;

milliy domen zonasini rivojlantiradi va ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratadi;

dunyoning yetakchi IT-kompaniyalari bilan O‘zbekistonda ularning rasmiy filiallarini ochish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

mahalliy hamda xorijiy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentligiga jalb qilish orqali qo‘llab-quvvatlaydi;

eksportga yo‘naltirilgan mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa IT kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratadi;

kompyuter o‘yinlari sanoati bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalarga zarur shart-sharoitlar yaratish, respublika miqyosida kibersport chempionatlari, turnirlari va boshqa musobaqalarni tashkil etishga ko‘maklashadi;

axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga IT viza bo‘yicha tavsiya berish;

raqamli industriyani va IT rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash rivojlantirish sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (IT yo‘nalishidagi texnoparklar, startaplar, autsorsing xizmatlarini (VRO), industrial parklar va IT-klasterlarni rivojlantirish) faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;

sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi bo‘yicha ilmiy modellar, algoritmlar va dasturiy mahsulotlarning ishlab chiqilishi jarayonlarini o‘rganib boradi va Vazirlik vakolati doirasida muvofiqlashtirib boradi;

elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;

telekommunikatsiyalar sohasida davlat siyosatini yuritadi;

telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirishda “Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi” tamoyilini joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;operatorlar va provayderlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun teng va adolatli raqobat muhitini taʼminlanishiga ko‘maklashadi;

operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarining axborot xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqadi;

telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tegishli organlar bilan hamkorlikda tarmoqqa ruxsatsiz ulanish va trafikni o‘tkazishda o‘rnatilgan himoya choralarini aylanib o‘tish ustidan nazorat o‘rnatadi;

davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, telekommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni yana-da to‘liq qondirish, shuningdek, tarmoqlardan davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarida ustuvor foydalanishni taʼminlash uchun operatorlar va provayderlar, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida ruxsat etilgan teleradiokanallarining signallarini tarqatish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash rejasi va tizimini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va boshqarishni amalga oshiradi, raqam sig‘imlarini, signalizatsiya punktlarining kodlarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ulardan foydalanishni hisobga oladi va nazorat qiladi;

pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlaydi;

pochta aloqasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

pochta aloqasi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

pochta to‘lovining davlat belgilari namunalarini, Pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, pochta markalarining muomalaga kiritilishini va muomaladan chiqarilishini amalga oshiradi, shuningdek pochta markalarini kolleksiyalash turkumiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi tarmoqlarida axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

telekommunikatsiya va pochta aloqasi tarmoqlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy talablardan kelib chiqib, axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilish samarali vositalari va metodlarini joriy qilish, tezkor-qidiruv chora-tadbirlari tizimlarini joriy qilish, shuningdek, ulardan davlat, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarida va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni tashkil etadi;

telekommunikatsiyalar, elektron hukumat, pochta aloqasi, axborotlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklarning monitoringini o‘tkazish, ularni aniqlash va to‘xtatish qismida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro ishlaydi;

elektron hukumat tizimi doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli maʼlumotlarni raqamli identifikatsiya qilish usul va vositalari orqali aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqadi, joriy qilish hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi;

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi (radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruvi organi)ning ishchi organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish borasidagi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning talabnomalarini ko‘rib chiqadi, texnik xulosa beradi, ular bo‘yicha Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlari loyihasini ishlab chiqadi, muvofiqlashtiradi va qabul qilish ishlarini yuritadi;

radiochastota organi sifatida radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan ajratilgan radiochastota polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish uchun talabnomalarni ko‘rib chiqadi va ruxsatnoma beradi;

qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;

pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat yo‘nalishlarida davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishish hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi yuzasidan nazorat yuritilishini tashkil etadi;

“oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni tashkil etadi;

taʼlim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, taʼlim infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi;

Vazirlik tizimiga kiruvchi oliy va boshqa taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tegishliligi bo‘yicha muvofiqlashtirishni taʼlim sohasidagi vakolatli organ bilan hamkorlikda tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari raqamli savodxonligini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirishlari bo‘yicha malaka oshirish va o‘quv kurslarini tashkil qilish va ularning reyting baholashdan o‘tkazilishini tashkil qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimlik idoralari xodimlaring axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi malaka ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarini tashkillashtradi, tahlil qiladi va ko‘maklashib boradi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasblar, yo‘nalishlar va o‘qitish ixtisosliklari bo‘yicha Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy va o‘rta maxsus hamda professional taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari va o‘quvchilarini aniqlaydi va ular uchun Vazirlik stipendiyalarini tayinlaydi;

ilmiy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;

Vazirlik faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi hududini kosmos orqali masofadan zondlash ishlarini tashkil etadi;

iqtisodiyot, fan, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha turli sohalar manfaatlarida zamonaviy yo‘ldoshli navigatsiya tizimidan foydalanadi va Yerni masofadan zondlash milliy yo‘ldoshining ishga tushirilishini taʼminlash choralarini ko‘radi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasiga berilgan baholarni tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlari, tadqiqot institutlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasiga berilgan baholarga sabab bo‘lgan omillar va muammolarning kompleks o‘rganilishini va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik va monitoringni amalga oshiradi;

erkin raqobat asosidagi telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;telekommunikatsiya va pochta aloqasi operatorlari, provayderlari hamda telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqadi;

IT-klasterlar, taʼlim tashkilotlari, kovorking-markazlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (Data center) va sohaga doir boshqa faoliyatlarini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarni tashabbus qiladi.

8598

Oxirgi yangilanish: 2023-07-26 10:12:50