“Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi
2025-06-01 00:00:00 / Qoriqxonalar

“Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi 2022 yil tashkil etilgan bo‘lib, qo‘riqxonani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad – Respublikamizning Shimoliy-sharqiy cho‘lining kichik bir qismida mavjud bo‘lgan betakror tabiiy bioxilma xillikni saqlab qolish. Qo‘riqxonada o‘rganilayotgan tabiiy resurslarga boy va mavjud tashkil topgan to‘qayzor o‘rmonlar hamda qumli cho‘ldagi turli bir yillik (efemer) va ko‘p yillik (efemeroid) o‘simliklar kiradi. “Oqtog‘-Tomdi” Davlat qo‘riqxonasi Navoiy viloyati Tomdi tumanini markazidan 216 km uzoqlikda Respublikamizning Shimoliy –sharqida umumiy maydoni 40 000 ga teng.“Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi hududining asosiy maydoni cho‘l muhiti bo‘lib, tabiiy boyliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy. “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi hududining asosiy maydoni cho‘l hududida joylashgan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasi hududiga chegadosh. Qo‘riqxona hududining tashqi tomonida noyob hayvonlar, masalan jayron, yovvoyi to‘ng‘iz va boshqa hayvonlar uchraydi.
Tabiiy sharoiti: Qo‘riqxonaning hududi butunlay Tomdi ma'muriy hududi chegarasida. Qo‘riqxonaning hududi Nurota tizmasining shimoliy yonbag‘rida, 530-2069 m balandliklarda, janubi-sharqdan shimoli-g‘arbiy tomonga cho‘zilgan yagona yer uchastkasi bilan ifodalanadi. Qo‘riqxonaning markaziy idorasi qo‘riqlanadigan hududdan 216 km uzoqlikda joylashgan.
Florasi: “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi hududi cho‘l muhitidan tashkil topgani bois uncha o‘simlik turlariga boy emas, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 75 turdan ortiq o‘simlik uchraydi. Qo‘riqxonada eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turlari: Qora saksovul, oq saksovul, Cherkez, 3 tur qandimlar, qo‘ng‘irbosh, mayin shuvoq, qo‘ziquloq, karrak, lola qizg‘aldoq, andiz, shirach, yovvoyi piyoz va boshqalar hisoblanadi. Bu mintaqadagi o‘simliklarning ko‘pchiligi efemer bo‘lib, qo‘rg‘oqchil faslda kurib qoladi. Shirachlar, lolalar, shuvoqlar, rovoch, piyozlar, betaga, astragal, bug‘doyiq qoplam hosil qiladi.
Faunasi: Qo‘riqxonada hozirgacha umurtqali hayvonlardan 11 tur sut emizuvchilar, 12 tur qushlar, 4 tur sudralib yuruvchilar,mansub bo‘lgan hayvonlar uchrashi aniqlangan. Hayvonlardan yovvoyi cho‘chqa, jayron, tulki, qum kuyon, oddiy dala sichkon, kursichkon, sariq kalamushi, sutemizuvchi hayvonlar, chol burgut, kaklik, tasqara, sariq chumchuq, kichik burgut, jurchi, oq boshli qumoy, chuldirok, ukki, oddiy boykush, kok kaptar, chol kakligi, cho‘l toshsarchumchug‘i, yurga tuvaloq, turg‘ay, dasht turg‘ay, kabi qushlar, sudralib yuruvchilardan o‘rta osiyo toshbakasi, turkiston gekkoni, silliq gekkon, Echkiemar, dasht agamasi, oq ilon, kabi turlar bir qator hayvon turlari qo‘riqxona tabiatida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Noyob hayvonlardan 4 tur O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo hududi uchun endemik turlar hisoblanadi.
Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas.
Tashrif vaqti
Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)
Manzil: Qo‘riqxona Tomdi tumanidan 280 km masofada joylashgan.