O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifiga doir
2025-01-29 17:05:00 / Yangiliklar
Shu yilning 30-31-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi.
Qozog‘iston Respublikasiga tashrif dasturidan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida kuzatuvchi maqomida qatnashish, “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisida nutq so‘zlash hamda boshqa davlatlar hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.