Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2025-02-04 09:25:00 / Taqdimotlar
Mudofaa vazirining qo‘shinlar jangovar shayligi va salohiyatini oshirish, qism va bo‘linmalarni har tomonlama tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini jadallashtirish, harbiy korxonalarning ofitser kadrlari va muhandis-texnik tarkibini professional o‘qitish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.