Vazir Cove Capital LLC kompaniyasi boshqaruvchi hamkori bilan uchrashdi
2025-04-29 10:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 28-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mas’ullari, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ rahbariyati bilan birgalikda Cove Capital LLC kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Pini Altxaus bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda geologiya va tog‘-kon sanoati sohasiga qaratilayotgan e’tibor, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonunning yangi tahriri, investorlarga hamda yer qa’ri foydalanuvchilariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, sohaga sarmoya kiritishning ijobiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga xorij tomoniga “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ faoliyati, asosiy vazifalari, investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.