O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi
2025-05-05 11:45:00 / Yangiliklar

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot chog‘ida har bir mamlakat ikki va ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashda davom etayotganligi ta’kidlandi. Bir qator mintaqaviy va global masalalar, xususan, huquqiy islohotlar, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv sohasini takomillashtirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlarga ko‘maklashuvchi adliya tizimlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.